1. Kim va nima haqida
Operator — Twelfth dasturiy ta’minot studiyasi (Toshkent, O‘zbekiston), aloqa: info@twelfth.uz. Siyosat quyidagi sayt va xizmatlarga taalluqli:
- twelfth.uz — studiya sayti va aloqa formasi.
- EduStatus (edustatus.uz va unga ulangan tashkilot domenlari, masalan miitt.uz) — ta’lim tashkilotlari uchun boshqaruv platformasi.
- Mulk (mulk.edustatus.uz) — ko‘chmas mulk e’lonlari xizmati.
- Frozen City (game.twelfth.uz) — brauzer o‘yini.
- Graduss (graduss.uz) — kasblar ijtimoiy tarmog‘i, ishlab chiqilmoqda.
- SmartPedi — ota-onalar uchun bolalar salomatligi mobil ilovasi (Android va iOS).
- Cauldron — tashkilot xodimlari uchun ichki ish dasturi (ommaviy xizmat emas).
- Pochta (mail.twelfth.uz) — studiyaning o‘z elektron pochta serveri.
Bir qator xizmatlarda biz ma’lumotni tashkilot nomidan qayta ishlaymiz (masalan, EduStatus’dagi talaba ma’lumotlari o‘sha o‘quv muassasasiniki). Bunday hollarda ma’lumot egasi tashkilot hisoblanadi, biz esa uning topshirig‘i bo‘yicha texnik ishlovchi vazifasini bajaramiz. Bu farq 4- va 9-bo‘limlarda alohida ko‘rsatilgan.
2. Asosiy tamoyillar
- Minimal yig‘ish. Xizmat ishlashi uchun kerak bo‘lmagan ma’lumot so‘ralmaydi.
- O‘z serverimiz, O‘zbekistonda. Veb-xizmatlarimiz Toshkentda, studiya o‘zi boshqaradigan serverda ishlaydi, bazalari xorijdagi bulut xizmatlariga joylanmaydi. Yagona istisno — SmartPedi mobil ilovasi: u Google Firebase platformasida ishlaydi, bu 4.5-bo‘limda ochiq yozilgan.
- Kuzatuv va reklama yo‘q. Saytlarimizda Google Analytics, Yandex Metrika, reklama tarmoqlari va ijtimoiy tarmoq pikselleri ishlatilmaydi.
- Sotilmaydi. Shaxsiy ma’lumotlar hech kimga sotilmaydi, ijaraga berilmaydi, marketing uchun almashilmaydi.
- Qonun. Biz O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ-547) talablariga amal qilamiz.
3. twelfth.uz sayti
Sayt statik: hisob ochilmaydi, cookie o‘rnatilmaydi, kuzatuv skriptlari yo‘q. Shriftlar saytning o‘zidan beriladi, brauzeringiz Google serverlariga murojaat qilmaydi.
Aloqa formasi
Formada ism, aloqa manzili (telefon yoki email) va xabar so‘raladi. Bu ma’lumot serverda bazaga yozilmaydi: Telegram orqali studiya jamoasining ish chatiga yuboriladi va faqat murojaatingizga javob berish uchun ishlatiladi. Suiiste’molni cheklash uchun so‘rov vaqti qisqa muddat saqlanadi.
4. Xizmatlar bo‘yicha
4.1. EduStatus
Platformadan ta’lim tashkilotlari foydalanadi. Tashkilot o‘z xodimlari, talabalari va mijozlari haqida ma’lumot kiritadi, biz esa uni o‘sha tashkilot uchun saqlaymiz va qayta ishlaymiz.
| Ma’lumot | Nima uchun |
|---|---|
| F.I.Sh., telefon, email | Hisob, kirish, bildirishnomalar |
| JSHSHIR, tug‘ilgan sana | Talaba va xodimni aniq identifikatsiya qilish, hujjatlar (tashkilot talabi bo‘yicha) |
| Shartnoma va to‘lov yozuvlari | O‘quv to‘lovlarini hisobga olish, hisobotlar |
| Bank ko‘chirmalari | Tashkilot o‘z bank hisobini ulagan bo‘lsa, kelib tushgan to‘lovlarni avtomatik moslashtirish. Ko‘chirma tashkilotning o‘z hisobiga tegishli va faqat unga ko‘rinadi |
| Yuz-deskriptori | Davomatni kamera orqali belgilash. Faqat foydalanuvchi roziligi bilan yoziladi; serverda rasm emas, 128 sonli matematik tavsif saqlanadi, undan rasmni tiklab bo‘lmaydi |
| Telegram chat identifikatori | Kirish kodlari va bildirishnomalar |
Har bir tashkilotning ma’lumotlari bazada alohida ajratilgan: bir tashkilot boshqasining yozuvlarini ko‘ra olmaydi, bu cheklov baza darajasida (qator darajasidagi xavfsizlik siyosati) majburlanadi. Kirish parolsiz, telefon raqamiga Telegram bot orqali yuboriladigan bir martalik kod va shaxsiy PIN bilan amalga oshadi.
4.2. Mulk
- Hisob: telefon raqami, ism-familiya, tug‘ilgan yil. Kirish Telegram bot orqali bir martalik kod bilan.
- E’lonlar: siz kiritgan matn, narx, manzil, xaritadagi nuqta va rasmlar. Rasmlar serverda qayta kodlanadi, shu jarayonda fayl ichidagi texnik ma’lumot (EXIF, joylashuv) olib tashlanadi.
- Telefon niqobi: e’londa raqamingiz qisman yashirin ko‘rinadi. To‘liq raqamni ko‘rish alohida so‘rov bilan bo‘ladi va bir IP-manzildan soatiga cheklangan.
- Ko‘rishlar soni: takroriy ko‘rishni ajratish uchun IP-manzil vaqtinchalik (6 soat) xotirada belgi sifatida saqlanadi, undan keyin o‘chadi.
- Joylashuv: brauzer joylashuvi faqat siz «manzilni aniqlash» tugmasini bosganingizda va faqat o‘sha e’lon uchun so‘raladi.
- Brauzer xotirasi: mavzu (qorong‘i/yorug‘), sevimlilar va yakunlanmagan e’lon qoralamasi sizning brauzeringizda saqlanadi, serverga yuborilmaydi.
4.3. Frozen City
Hisob Telegram orqali ochiladi: Telegram identifikatori va foydalanuvchi nomi, ism-familiya, tug‘ilgan sana va o‘yin logini saqlanadi. Bundan tashqari o‘yin holatingiz (shahar, resurslar, progress) saqlanadi, aks holda o‘yinni davom ettirib bo‘lmaydi. O‘yin serveri faqat o‘yin ichidagi ulanishni ko‘radi, qurilmangiz haqida boshqa ma’lumot yig‘ilmaydi.
4.4. Graduss
Xizmat ishlab chiqilmoqda. Ro‘yxatdan o‘tishda email, foydalanuvchi nomi va parol (faqat xesh ko‘rinishida) saqlanadi; profil (ism, soha, bio, joylashuv, havolalar), postlar, kanallar, shaxsiy xabarlar va kraudfanding va’dalari siz kiritgan hajmda saqlanadi. To‘lov tizimi hozircha ulanmagan; ulanganda bu bo‘lim yangilanadi va karta ma’lumotlari bizning serverda saqlanmasligi kafolatlanadi.
4.5. SmartPedi
SmartPedi — ota-onalar uchun bolalar salomatligi mobil ilovasi. Ilova bizning serverda emas, Google Firebase platformasida ishlaydi, shuning uchun saqlash joyi bu yerda alohida ko‘rsatilgan.
- Hisob: Firebase Authentication orqali kirish ma’lumotlari (telefon raqami yoki email) va ilova ichidagi profil.
- Bola profili: ota-ona kiritadigan ism, tug‘ilgan sana va jinsi; bitta hisobda bir nechta bola bo‘lishi mumkin. Bu ma’lumotni faqat o‘sha hisob egasi ko‘radi.
- Salomatlik yozuvlari: siz qayd etgan alomatlar, kasalliklar va kuzatuvlar, shuningdek yuklangan rasm va video. Bu maxsus toifadagi ma’lumot: faqat sizga ko‘rsatish va eslatmalar uchun ishlatiladi, tibbiy tashxis o‘rnini bosmaydi.
- Ma’lumotnoma: kasalliklar haqidagi maqolalar va multimedia kontent ilova ma’muriyati tomonidan joylanadi, bu shaxsiy ma’lumot emas.
- Bildirishnomalar: push-xabarlar Firebase Cloud Messaging orqali yuboriladi, buning uchun qurilma tokeni saqlanadi. Ularni telefon sozlamalarida o‘chirishingiz mumkin.
- Saqlash joyi: ma’lumotlar Google Firebase (Firestore va Storage) serverlarida saqlanadi, ular O‘zbekistondan tashqarida joylashgan. Google ularga o‘z shartlari bo‘yicha ishlov beruvchi sifatida kiradi; Firebase texnik ma’lumot (qurilma identifikatori, ilova versiyasi, nosozlik hisobotlari) yig‘ishi mumkin.
- O‘chirish: hisobni ilova ichidan yoki info@twelfth.uz orqali o‘chirtirsangiz, bola profillari va salomatlik yozuvlari ham o‘chiriladi.
4.6. Cauldron
Bu ommaviy xizmat emas: tashkilotlar o‘z xodimlari uchun o‘rnatadigan ish dasturi. Ikki toifa ma’lumot bor.
- Xodim haqida: login, qurilma identifikatori, dastur versiyasi, ish holati, hisoblagichlar, dastur jurnali va ish brauzerining holat surati. Bu ma’lumot tashkilot rahbariga ish jarayonini nazorat qilish uchun ko‘rsatiladi. Xodim dasturni o‘rnatishda bundan xabardor qilinadi; suratlardagi fuqarolar JSHSHIR raqamlari yuborishdan oldin qisqartiriladi.
- Fuqarolar haqida: xodim kiritadigan JSHSHIR, manzil va shunga o‘xshash yozuvlar tashkilotning qonuniy vazifasi doirasida davlat tizimiga kiritish uchun qayta ishlanadi. Ma’lumot egasi tashkilot; biz uni faqat shu maqsadda, tashkilot ko‘rsatmasi bo‘yicha saqlaymiz va boshqa maqsadda ishlatmaymiz.
4.7. Pochta
Studiya o‘z pochta serverini yuritadi. Xatlar va ularning qo‘shimchalari egasining qutisida u o‘chirmaguncha saqlanadi. Server spam va soxta kirishlarga qarshi urinishlarni jurnalga yozadi va takroriy noto‘g‘ri kirishdan keyin IP-manzilni vaqtincha bloklaydi. Xatlar mazmuni avtomatik tahlil qilinmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi.
5. Texnik ma’lumotlar va loglar
Har qanday veb-server singari bizniki ham so‘rovlar jurnalini yuritadi: IP-manzil, vaqt, so‘ralgan sahifa, brauzer turi va javob kodi. Bu jurnallar xatolarni topish, hujumlarni aniqlash va xizmat barqarorligi uchun kerak. Ular 14 kun saqlanadi va avtomatik o‘chadi. Xizmatlarda kirish uchun sessiya cookie (faqat server o‘qiy oladigan, HTTPS bilan himoyalangan) ishlatiladi; u shaxsni aniqlash yoki kuzatish uchun emas, kirganingizni eslab qolish uchun.
6. Uchinchi tomonlar
| Kim | Nima uchun | Nima ketadi |
|---|---|---|
| Telegram | Kirish kodlari, bildirishnomalar, aloqa formasi xabarlari | Telefon raqami yoki chat identifikatori va xabar matni. Telegram o‘z maxfiylik siyosatiga ega |
| Google Firebase | SmartPedi: kirish, ma’lumotlar bazasi, fayllar, push-xabarlar | Hisob, bola profili va salomatlik yozuvlari Google serverlarida, Google maxfiylik siyosati bo‘yicha saqlanadi |
| OpenStreetMap | Mulk xizmatidagi xarita | Xarita bo‘laklari OpenStreetMap serverlaridan yuklanadi, ular brauzeringiz IP-manzilini ko‘radi. Biz ularga hech narsa yubormaymiz |
| Banklar | EduStatus’da tashkilot hisobini ulash | Faqat tashkilot o‘zi ulagan va faqat uning hisobi bo‘yicha, himoyalangan kanal orqali |
| Let’s Encrypt | HTTPS sertifikatlari | Faqat domen nomi, shaxsiy ma’lumot yo‘q |
Boshqa hech qanday tashqi xizmatga shaxsiy ma’lumot uzatilmaydi. Davlat organlari so‘rovi faqat qonunda belgilangan tartibda, rasmiy asos bo‘lganda bajariladi.
7. Saqlash muddatlari
- Server jurnallari (IP va so‘rovlar) — 14 kun.
- Kirish sessiyalari — chiqquningizcha yoki muddati tugaguncha.
- Bir martalik kodlar — bir necha daqiqa, keyin o‘chadi.
- Hisob va siz kiritgan ma’lumot — hisob faol bo‘lguncha yoki o‘chirishni so‘raguningizcha. SmartPedi’da hisob o‘chirilishi bilan bola profillari va yozuvlar ham o‘chadi.
- Tashkilot ma’lumotlari (EduStatus, Cauldron) — tashkilot bilan shartnoma amal qilguncha va qonunda belgilangan hisob-kitob muddatlari davomida.
- Zaxira nusxalar — shifrlangan holda, cheklangan muddat; bu muddat o‘tgach avtomatik o‘chadi. O‘chirilgan ma’lumot zaxira nusxalardan ham shu muddat ichida yo‘qoladi.
8. Xavfsizlik
- Barcha ulanishlar HTTPS (TLS 1.2 va 1.3), HSTS yoqilgan.
- Parollar faqat xesh ko‘rinishida, ko‘p xizmatlarda parol umuman yo‘q (bir martalik kod va PIN).
- Serverga boshqaruv kirishi faqat shaxsiy tarmoq orqali va kalit bilan; har bir xizmat o‘z ajratilgan muhitida ishlaydi.
- Tashkilotlar ma’lumotlari baza darajasida bir-biridan ajratilgan.
- Zaxira nusxalar shifrlanadi; tizim holati doimiy kuzatiladi, nosozlik va hujum belgilari jamoaga darhol yetkaziladi.
Agar ma’lumotlaringiz xavfsizligiga ta’sir qiluvchi hodisa yuz bersa, biz ta’sirlangan foydalanuvchilar va tashkilotlarni kechiktirmasdan xabardor qilamiz: nima bo‘lgani, qaysi ma’lumotga tegishli va nima qilinayotgani haqida.
9. Sizning huquqlaringiz
Siz istalgan vaqt quyidagilarni so‘rashingiz mumkin:
- biz sizning qaysi ma’lumotlaringizni saqlayotganimizni bilish;
- noto‘g‘ri yoki eskirgan ma’lumotni tuzatish;
- hisobingiz va ma’lumotlaringizni o‘chirish (qonun saqlashni talab qiladigan hisob-kitob yozuvlaridan tashqari);
- ilgari bergan rozilikni qaytarib olish (masalan, yuz-deskriptorini o‘chirtirish);
- ma’lumotlaringiz qayta ishlanishiga e’tiroz bildirish.
Murojaat uchun info@twelfth.uz ga yozing. Ma’lumot boshqa birovga berilib qo‘ymasligi uchun avval sizni hisobingiz orqali tasdiqlaymiz. Agar ma’lumotingiz tashkilot nomidan qayta ishlanayotgan bo‘lsa (EduStatus’dagi talaba yoki Cauldron’dagi yozuv kabi), so‘rovni o‘sha tashkilotga yo‘naltiramiz va uni bajarishda texnik yordam beramiz.
10. Bolalar
Xizmatlarimiz bolalarning o‘zi foydalanishi uchun mo‘ljallanmagan. SmartPedi’da bola haqidagi ma’lumotni faqat ota-ona yoki qonuniy vakil o‘z hisobida kiritadi; bolaning o‘zi ilova foydalanuvchisi emas. EduStatus’da voyaga yetmagan talabalar ma’lumoti faqat ta’lim tashkiloti tomonidan, ota-ona yoki qonuniy vakil roziligi asosida kiritiladi. Boshqa xizmatlarda bolalar haqida ma’lumot yig‘ilganini bilsak, uni o‘chiramiz.
11. O‘zgarishlar va aloqa
Yangi xizmat qo‘shilsa yoki ma’lumot bilan ishlash tartibi o‘zgarsa, bu sahifa yangilanadi va yuqoridagi sana o‘zgaradi. Muhim o‘zgarishlar haqida xizmat ichida alohida xabar beramiz. Savollar va murojaatlar: info@twelfth.uz yoki @TwelfthChannel. Hujjat uch tilda e’lon qilingan; tafovut bo‘lsa, o‘zbekcha matn asos hisoblanadi.